» » Jahon tillari universitetida Rus tili markazi ochiladi

Jahon tillari universitetida Rus tili markazi ochiladi


28-mart, seshanba kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Rus tili markazi ochiladi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Rus tili markazining ochilishi O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdagi yana bir muhim qadam bo‘ladi”, — deya ma’lum qilishdi Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazidagilar.

Tantanali marosimda Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy, shuningdek, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati vakillari, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqalar ishtirok etadi.

Markaz uchun xona universitetning bosh binosidan ajratildi, Rossiya tomoni zarur texnikani sotib oldi, bosma va elektron darsliklar, lug‘atlar hamda Rossiya tarixi va madaniyatiga oid kitob va filmlardan iborat kutubxonani yig‘di.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют