» » 15-avgustdan “Toshkent—Chimboy” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15-avgustdan “Toshkent—Chimboy” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Respublikaning chekka hududlarini bevosita Toshkent shahri bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda ham avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish borasida ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi tomonidan belgilangan reja asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 14-avgust, chorshanba kuni mamlakat poytaxti Toshkent shahri va viloyat markazlari hamda yirik shaharlar o‘rtasida muntazam avtobus qatnovlari tashkil etilib, yo‘lovchilar o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yilmoqda.

15-avgust kunidan e’tiboran “Uzautotrans service” MChJ tomonidan “Toshkent—Chimboy” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar Nukus shahri orqali harakatlanadi. Toshkent avtovokzalidan avtobus soat 08:00 da jo‘nab ketadi. Chimboydan esa 08:20 da Toshkent tomon yo‘lga chiqiladi. Mazkur yo‘nalish masofasi 1216,3 kilometrni tashkil etadi. Chipta narxi esa 124 000 so‘m etib belgilangan.

Nukus shahrigacha esa 118 000 so‘mni tashkil etadi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют