» » Chet tillarini o‘rganishning foydalari nima? Siz bilmagan 5 ta fakt

Chet tillarini o‘rganishning foydalari nima? Siz bilmagan 5 ta fakt


Albatta, chet tillarini o‘rganish natijasida kommunikativ imkoniyatlaringiz kengayishi, nufuzliroq ishga kirish imkoniyatingiz oshishi, filmlarni va kitoblarni original tilda ko‘rish va o‘qish mumkinligidan xabaringiz bor. Ammo yangi tillarni o‘zlashtirishning siz bilmagan boshqa jihatlari ham bor.

Xorijiy tilni o‘rganibgina, o‘z ona tilimizni ko‘proq qadrlay boshlaymiz. Unda bolalikdan gapirishni boshlaganimiz uchun, u qanday qurilgani haqida o‘ylamaymiz, ko‘pincha uning go‘zalligini anglamaymiz.

Amerikalik olimlar tadqiqot o‘tkazib, bir nechta tillarni biladigan kishilarga so‘zlarni tushunish bo‘yicha topshiriqlar berdi va ularning tomograflarini kuzatdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunday odamlar faqat bitta tilda gapiradiganlarga nisbatan, o‘xshash so‘zlarni yaxshi aniqlay oladi. Ushbu qobiliyat turli chalg‘ituvchi omillarni bloklab, bitta vazifaga diqqatni qaratishga yordam beradi.

2007-yilda Chet tillarni o‘qitish bo‘yicha Amerika kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot doirasida xorijiy tillarni o‘rganayotgan bolalar maktab dasturida matematikaga ko‘proq soat ajratilgan, ammo chet tillarni umuman o‘qimaydigan o‘quvchilarga nisbatan, matematika bo‘yicha yaxshiroq natijalarni ko‘rsatgani aniqlandi. Hayratlanarli tomoni yo‘q — boshqa til asoslarini o‘rganish mantiqiy fikrlashni ishga tushiradi.

Chet tilini o‘rganishda yangi axborotni eslab qolish qobiliyati yaxshilanadi, bu o‘qish vaqtini kamaytiradi. Buning ustiga, ko‘p til biladiganlar bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarishga moyil bo‘ladi.

Xorijiy tilni o‘rganish mohiyati — boshqa odamlar bilan muloqotdan iborat. Suhbatlashish malakalarini takomillashtirish uchun esa, yaxshisi, shu tilda so‘zlashuvchi yoki bu tilni allaqachon o‘rganib bo‘lgan kishilar bilan shug‘ullangan ma’qul.

Manba: “Medium.com”

Опубликовано: admin (28-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют