» » Haftaning eng muhim tvitlari: SSSRda qum tanqisligi? Toshkentda kam ta’minlanganlarga mo‘ljallangan qimmat uylar. OAVni davlat ta’minlashi kerakmi?

Haftaning eng muhim tvitlari: SSSRda qum tanqisligi? Toshkentda kam ta’minlanganlarga mo‘ljallangan qimmat uylar. OAVni davlat ta’minlashi kerakmi?


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarini diqqatingizga havola etadi.

“Misrda loyiha qiymati 1,8 milliard dollar bo‘lgan dunyodagi eng yirik Benban Solar Park deb ataluvchi Quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda. Aytishlaricha, 2019-yil oxiriga borib mazkur Quyosh energiyasi parkida 2,0 GVt ‘toza’ energiya ishlab chiqariladi”, – BMT ma’lumoti.

“Insonlar o‘limiga olib keluvchi videoo‘yinlar savdosidan tushadigan daromad va o‘qotar qurollar vositasida sodir etilgan hujumlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Eng salmoqli parallellar AQShda kuzatilmoqda”, – Shahvor Qoya, Hurriyet kolumnisti.

“Dunyo aholisining 56 foizi internetdan foydalanmoqda. Turkiyada internet foydalanuvchilarining soni 69 millionni tashkil etadi. Eng tez internet Singapurda”, – NTV telekanali.

“Eski Sovet latifasida agarda shakar kommunistik mafkuraning mahsulotiga aylansa, qum borasida yetishmovchilik yuzaga keladi deyiladi. Venesuela qachonlardir eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi edi, ayni vaqtda benzin importyoriga aylanib qoldi”, – Toomas Hendrik Ilves, eston blogeri.

“Dunyoda birinchi farzandini ko‘rgan ayollarning o‘rtacha yoshi”, – @theworldindex, xalqaro statistika tashkiloti.

“Toshkentda kam ta’minlanganlar uchun qurilgan yangi uylar ular uchun hamyonbop emas bo‘lib qoldi. O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan birgalikdagi monitoring natijalaridan kelib chiqqan xulosa”, – Dilmurod Yusupov, Sasseks universiteti doktoranti.

“Yamandagi urush bir yilda 335 bolaning hayotini olib ketdi”, – Anadolu axborot agentligi.

“Prezident Erdo‘g‘on: Turkiya Qrim anneksiyasini tan olmagan va tan olmaydi ham”, – Sabah gazetasi.

“Roppa-rosa 40 yil avval SSSR tarixidagi eng mudhish aviahalokat sodir bo‘lgan edi. Ikkita Tu-134 uchog‘i samoda to‘qnashib ketgandi. Toshkent – Minsk yo‘nalishi bo‘ylab reys amalga oshirayotgan uchoq bortida Minskning ‘Dinamo’ jamoasi bilan o‘yinga ketayotgan O‘zbekistonning ‘Paxtakor’ futbol jamoasi ham bor edi. Har ikki uchoq bortidagi yo‘lovchilar halok bo‘ldi”, – Ilyos Kamolo‘g‘li, Me’mor Sinon nomidagi Nafis san’at universiteti o‘qituvchisi, tarixchi.

“O‘zbekiston: Aksar jurnalistlar OAV sohasidagi mediamarketdan ilhomlangan bir paytda, ayrim jurnalistlar yo‘q, bizga mediabozor kerak emas demoqda. Noshir Abdujabbor Umarov OAV jamoatchilik xizmati bo‘lishini va istamoqda. ‘OAVni davlat ta’minlasin!’”, – Navbahor Imamova, “Amerika ovozi” muxbiri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют