» » Yangi Zelandiyada kattaligi odamdek keladigan pingvin qoldiqlari topildi

Yangi Zelandiyada kattaligi odamdek keladigan pingvin qoldiqlari topildi


Arxeologlar Yangi Zelandiyada Crossvallia waiparensis turiga oid pingvinning qoldiqlarini topdi, deb xabar beradi Meduza.

Olimlar qadimiy qushning oyoq va yelka suyaklarini topgan bo‘lib, uning bo‘yi 160 santimetr, og‘irligi esa 80 kilogramm bo‘lganini taxmin qilishmoqda. Ta’kidlanishicha, pingvin 56—66 million yil oldin paleotsen davrida yashagan.

Kraystcherch shahrida joylashgan Kenterbey muzeyi vakillari pingvinning 3D modelini yaratib, uni inson bilan taqqosladi.

Olimlar yangi turdagi pingvinning qoldiqlarini hozirda Yer yuzida yashayotgan eng katta pingvinlar turi —  imperator pingvinlari bilan qiyosladi. Imperator pingvini bo‘yining o‘rtacha balandligi 123 santimetrga, og‘irligi esa 22—45 kilogrammga teng.

Tahlil natijalarida ma’lum bo‘lishicha, Crossvallia waiparensis pingvinlari o‘z oyoqlaridan yurishdan ko‘ra ko‘proq suzishda foydalangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют