» » Yangi Zelandiyadagi masjidga hujumda ayblanayotgan shaxs sudni boshqa shaharda o‘tkazishni so‘radi

Yangi Zelandiyadagi masjidga hujumda ayblanayotgan shaxs sudni boshqa shaharda o‘tkazishni so‘radi


Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidga 15-mart kuni uyushtirilgan hujumda ayblanayotgan avstraliyalik Brenton Tarranta advokatlari shahar sudiga murojaat qilib, sud jarayonini boshqa shaharda o‘tkazishni so‘radi.

“TASS”ning xabar berishicha, sud iltimosnomani qabul qilgan, ammo sudya Kemeron Mander bu masala shu yilning 3-oktabrida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Kraystcherch shahridagi ikki masjidda terakt sodir bo‘ldi. Oqibatda 51 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar yaralangan. Hukumat jinoyatda gumonlanuvchi uch kishini qo‘lga olgan. Keyinchalik ularning ikki nafarini qo‘yib yuborgan. Faqat 28 yoshli Brenton Tarrant hibsga olingan. May oyi oxirlarida unga terrorchilik sodir etish ayblovi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют