» » “Straus House” kompaniyasi nomidan sotilayotgan tuyaqush jo‘jalarini olib, aldanib qolmang! Kompaniya rahbari bilan intervyu

“Straus House” kompaniyasi nomidan sotilayotgan tuyaqush jo‘jalarini olib, aldanib qolmang! Kompaniya rahbari bilan intervyu


“Straus House” kompaniyasi asoschisi va rahbari Ibrohim Isroilov bugungi kunda O‘zbekiston bozorida taklif qilinayotgan tuyaqush jo‘jalarini xarid qilishda e’tiborli bo‘lishga chaqirgan. U “Straus House” nomidan firibgarlik yo‘li bilan sotilayotgan tuyaqushlarni olib, aldanib qolmaslikka va xaridorlar kompaniya haqida yolg‘on tasavvurga ega bo‘lmasligi uchun katta intervyu berib, qator masalalarga oydinlik kiritib berdi.

“2018-yil dekabrgacha besh yillik reja ishlab chiqqanmiz. Qancha jo‘ja olib kirish, qanchasini eksport qilib, qanchasini naslchilikka qoldirish rejalarini tuzib chiqdik”, – deydi kompaniya rahbari Ibrohim Isroilov.

O‘zbekiston uchun tuyaqushchilik sohasi yangi hisoblanadi. Bundan avval ba’zi fermerlar tomonidan tuyaqushlar Ukrainadan olib kelingan. Lekin ularni qayta ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan. “Straus House”ning asosiy maqsadi xomashyo bazasini yaratish bo‘lib, bu bo‘yicha kompaniya ko‘zga ko‘rinarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u xodimlari bilan qator mamlakatlarga borib, xususan, Ukraina, Janubiy Afrika respublikasida bo‘lib qaytgan, fermerlar bilan muloqot qilishgan. Yutuq va kamchiliklari bilan tanishib, rejalarni puxta qilishga erishib, ana undan so‘ng kompaniyaga asos solgan.

“Har oy bizda xizmat safari bor. Mart oyida BAAda bo‘ldik, aprelda Malayziyada, Tailandda bo‘ldik. Pokiston va Eronda ham bo‘ldik. Hozirda xodimlarimiz Janubiy Afrikada bo‘lib turishibdi. Biz doim izlanishdamiz”, – deydi kompaniya rahbari Ibrohim Isroilov.

Bugungi kunda “Straus House”da 18 oliy toifali veterenar shifokor faoliyat yuritib, kompaniya O‘zbekistonning barcha viloyatlarida umumiy hisobda 14 ta dillerlik markazlariga ega. Kompaniyada 100 ga yaqin odam faoliyat yuritadi. Yilning oxiriga borib, kompaniya 1000 nafar odamni ish bilan ta’minlashni rejalashtirgan.

“Straus House” jo‘jalari o‘layotgani rostmi?

O‘zbekistonda barcha tuyaqush jo‘jalari “Straus House”ga tegishli ekanligi haqida yolg‘on tasavvur uyg‘ongan. Hozirda o‘zbekistonlik tadbirkorlar Eron va Pokistondan tuyaqush olib kelib, ularni “Straus House” nomidan sotmoqda, lekin sotib olingan jo‘jalar ma’lum vaqt o‘tib, o‘lib qolmoqda. Bunga esa bir qancha sabablar bor. Masalan, “Straus House” olib kirgan jo‘jalarini avval karantinda saqlashi, biroq boshqa tadbirkorlar bunday yo‘l tutishiga shubhamiz bor.

“Straus House” tuyaqushlarni faqat Janubiy Afrika respublikasidan olib keladi. Sababi, birinchi navbatda JARdan olib kelingan tuyaqush jo‘jalarining terisi eksportbop bo‘lib, jahon bozorida bu turdagi tuyaqush terisining bahosi 700 AQSh dollardan boshlanadi.

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, firibgarlik yo‘li bilan “Straus House” nomidan tuyaqush jo‘jalari sotilmoqda. Ulardan jo‘jalarni sotib olib, keyin “Straus House”ga kelib, e’tiroz bildirish noo‘rin. Kompaniya faqat ulardan sotib olinadigan jo‘jalarga kafolat berib, xaridorlariga doim malakali xizmat ko‘rsatishga va kerakli maslahatlar berishga tayyor!

Umuman olganda, boshqa fermer va tadbirkorlar tomonidan sotilgan tuyaqushlarning taqdiri va umuman ahvoli haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumot uchun:

+99 899 001 08 09

+99 899 001 07 06

Telegram

Instagram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют