» » Hindistonda uch oyoqli qizcha tug‘ildi

Hindistonda uch oyoqli qizcha tug‘ildi


Hindistonning Jangaon shahrida yashovchi Srilata Kanchanapalli ismli 25 yoshli ayol uch oyoqli qizchani dunyoga keltirdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Bunday noodatiy chaqaloq “parazit egizak” deb ataluvchi kamyob hodisa tufayli tug‘ildi. Bola operatsiya qilindi, u yashab ketadi.

“Parazit egizak” biologik fenomeni yuz mingta tug‘uruq holatida bir marta uchraydi. Ushbu patologiyada egizaklardan biri ona qornida o‘zining zaifroq qardoshini yutib yuboradi. Shu tariqa, parazit o‘z “qurboni” bilan to‘liq yoki qisman qo‘shilib ketadi.

Chaqaloqning ortiqcha oyog‘ini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani o‘tkazish uchun uni Haydabaradon shahridagi kasalxonaga olib borishdi. Murakkab amaliyot uch soat davom etdi va muvaffaqiyatli kechdi. Shifokorlar xavotirga o‘rin qolmaganini ta’kidlamoqda.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют