» » UzAuto Motors arzonlashgan narxdagi yangilangan Malibu modelini taqdim etdi

UzAuto Motors arzonlashgan narxdagi yangilangan Malibu modelini taqdim etdi


UzAuto Motors kompaniyasi 1,5 litr Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosi boshlanayotganini ma’lum qildi.

Yangilangan, ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan Malibu, O‘zbekiston bozorida Malibu 2,5 litr o‘rnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30 foiz) davomchisi bo‘ladi.

Olduzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogrammga yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qo‘shilgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu modelning narxi avvalgisidan 5 million so‘mga arzon va u issiq iqlimli mamlakatlar uchun ayni muddao sanaladi. Yangilangan modelning ranglar palitrasi ham keng doirada taqdim etilgan.

Shuningdek, yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 litr avtomobilining ham savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019-yilning sentabr oyidan boshlanadi.

“Xaridorlarga shuni ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda Malibu 2,5 litr avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgan va ushbu modelni ishlab chiqarish to‘xtatilmoqda”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют