» » Fidel Kastroning singlisi 78 yoshida Gavanada olamdan o‘tdi

Fidel Kastroning singlisi 78 yoshida Gavanada olamdan o‘tdi


Fidel va Raul Kastroning singlisi Agustina Karmen Kastro Rus 78 yoshida Gavanada vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Marhumaning singlisi Xuanita Kastroning bildirishicha, Agustinaning son suyagi singan va operatsiya qilingandi. Operatsiyadan so‘ng jarohatga infeksiya tushgani sababli uning holati og‘irlashgan. 

Agustina Anxel va Lina Kastrolarning 7 nafar farzandi orasida eng kichigi edi. U pianinochi Silvio Rodriges Kardenasga turmushga chiqqan va 3 nafar farzand ko‘rgandi. Qizi Kubada, ikki o‘g‘li esa AQShda, Floridada yashaydi.

Agustina Kastroning ixtiyoriga ko‘ra uning jasadi krematsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro 2016-yil 26-noyabrda olamdan o‘tgandi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют