» » Kurdistonlik ayol oradan 24 yil o‘tib qochoqlar lagerida o‘ziga velosiped sovg‘a qilgan niderlandiyalik bilan uchrashdi

Kurdistonlik ayol oradan 24 yil o‘tib qochoqlar lagerida o‘ziga velosiped sovg‘a qilgan niderlandiyalik bilan uchrashdi


Asli kurdistonlik bo‘lgan 29 yoshli Mevan Babakar oradan 24 yil o‘tib qochoqlar lagerida o‘ziga velosiped sovg‘a qilgan niderlandiyalik bilan uchrashdi, deb xabar beradi Meduza.

Mevan bolaligida oilasi bilan Iroqni tark etishga majbur bo‘lgan. Ular Turkiya, Ozarbayjon va Rossiya orqali Yevropadagi qochoqlar lageriga yetib borgan.

Legarda ishlab yurgan erkak besh yoshli qizaloqqa velosiped sovg‘a qilgan. Mevan ushbu xayrli ishni eslab qolgan va oradan 24 yil o‘tgach, o‘sha erkakni topishga qaror qilgan. U uzoq muddatga ta’til olib, Zvollega yo‘l olgan va Twitter’ga o‘zida bo‘lgan yagona eski suratni joylashtirgan.

Oradan bir necha soat o‘tgach, suratdagi odamni niderlandiyalik jurnalist Aren van der Zee tanib qolgan. Biroq jurnalist erkakning ismini eslay olmagan.

Shundan so‘ng, van der Zee hamkasblari yordamida suratdagi erkakning ismi Egbert ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ertasi kuni esa Mevan va Egbert uzoq ayriliqdan so‘ng, uchrashishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют