» » Qirg‘iziston Transport vazirligining 4 nafar xodimi qor ko‘chkisida halok bo‘ldi

Qirg‘iziston Transport vazirligining 4 nafar xodimi qor ko‘chkisida halok bo‘ldi


Qirg‘iziston Transport va yo‘llar vazirligining to‘rt nafar xodimi mamlakatning shimoliy va janubiy viloyatlarini tutashtiruvchi Bishkek—O‘sh avtoyo‘lining 255-kilometrida qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda respublika FVV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Qor bugun kechasi ichida odamlar bo‘lgan Toyota, Lexus va Subaru mashinalari ustiga qulagan”, — deyiladi xabarda. Toyota’dagi Transport vazirligining to‘rt nafar xodimi voqea joyida halok bo‘lgan. Lexus’ning haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi, shuningdek, Subaru’dagi uch kishi qutqaruvchilar tomonidan qor uyumlari ostidan olib chiqilgan.

Favqulodda vaziyat joyiga qutqaruvchilar jamoasi yuborildi. Ular tarkibiga 52 kishi va qor uyumlarini tozalash uchun og‘ir texnika jalb etildi.

FVVning ma’lum qilishicha, hafta davomida Bishkek—O‘sh trassasi bo‘ylab 11 ta ko‘chki sodir bo‘lgan.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют