» » Olimlar o‘tgan iyul oyini “tarixdagi eng issiq oy” deb atadi

Olimlar o‘tgan iyul oyini “tarixdagi eng issiq oy” deb atadi


AQSh milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqoti boshqarmasi olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, iyul oyi so‘nggi 140 yildagi eng issiq oy bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan oy davomida rekord darajadagi issiq harorat qayd etilgan, Arktika va Antarktidadagi muziliklar balandligi esa tarixiy minimumga yetgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, iyul oyida Yer sayyorasidagi o‘rtacha harorat 2016-yilda o‘rnatilgan rekorddan ham o‘tib tushgan.

Umuman olganda, o‘tgan birinchi yarim yillikda havo harorati o‘ta issiq bo‘lgan. Ayniqsa, bu Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrikaning janubiy qismlari, g‘arbiy Atlantikaning ayrim hududlarida kuzatilgan. Fransiya, Germaniya va Niderlandiyada rekord ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Shu bilan birga, olimlarning ta’kidlashicha, sayyoraning asosiy qismida issiq harorat kuzatilgan bo‘lsa, Rossiya va Skandinaviyada o‘rtacha harorat ancha past bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют