» » APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Byornli”ni mag‘lub etdi (video)

APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Byornli”ni mag‘lub etdi (video)


17-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 2-turi doirasida Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida “Byornli”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 13-daqiqasidayoq “to‘pchilar” hujumchisi Aleksandr Lyakazett hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib mehmon jamoa vakili Eshli Barns hisobni tenglashtirdi (1:1). 64-daqiqada esa Pyer-Emerik Obameyang “Arsenal”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:1).

Shu tariqa “Arsenal” o‘z maydonida “Byornli”dan 2:1 hisobida ustun keldi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

APL

2-tur bahsi

17-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 13 Lyakazett, 1:1 — 43 Barns, 2:1 — 64 Obameyang

“Arsenal”: Leno, Papastatopulos, Monreal, David Luiz, Meytlend-Naylz, Sebalyos (Torreyra, 83), Uillok, Gunduzi, Nelson (Pepe, 46), Lyakazett (Kolashinats, 71), Obameyang

“Byornli”: Poup, Louton, Tarkovski, Piters, Mi, Kork, Vestvud, Gudmundsson (Lennon, 72), Maknil, Vud (Rodriges, 61), Barns

Ogohlantirishlar: Obameyang (38), Papastatopulos (90+1), Barns (90+5)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют