» » Bosh prokuratura bayonot berdi: “Kun.uz” xodimlariga tajovuz nazoratga olindi

Bosh prokuratura bayonot berdi: “Kun.uz” xodimlariga tajovuz nazoratga olindi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning “Kun.uz” xodimlariga tajovuzi bo‘yicha holat yuzasidan bayonot berdi.

“Kuni-kecha ‘Kun.uz’ nashri xodimlari hamda Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov o‘rtasida kelib chiqqan holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi bayonotda.

Bundan oldin, Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgandi.

Keyinroq “Kun.uz” tahririyati Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog‘liq voqea yuzasidan bayonot bilan chiqqan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют