» » Berlin muzeyidan 100 kg og‘irlikdagi bir million dollarlik oltin tanga o‘g‘irlab ketildi

Berlin muzeyidan 100 kg og‘irlikdagi bir million dollarlik oltin tanga o‘g‘irlab ketildi


Berlindagi Bode muzeyidan qiymati bir million dollar bo‘lgan 100 kilogrammli oltin tanga o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

Berlin politsiyasining xabar berishicha, jinoyatchilar muzeyga dushanba kuni kechasi narvon yordamida kirgan.

Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, mukammal ammo noqulay to‘lov vositasining narxi o‘z qiymatidan ancha yuqori turadi. Tanga 2007-yilda Kanadada Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II sharafiga tayyorlangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari o‘g‘rilar muzeyning qo‘riqlash tizimini qanday chetlab o‘tgani va eksponat qo‘shimcha himoya vositalari bilan jihozlangan yoki yo‘qligi haqida ma’lumot bermagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют