» » Manba: Messi UEFA talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ladi

Manba: Messi UEFA talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ladi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi UEFA talqini bo‘yicha mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi, deya xabar qilmoqda “Sport-Ekspress”.

Ta’kidlanishicha, argentinalik futbolchi 252 ochko to‘plagan holda “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk (224) va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni (181) ortda qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi bu vaqtga qadar 2011 va 2015-yillarda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsum Messi Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u Yevropa Chempionlar Ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi va “Oltin butsa”ga ega chiqdi.

Taqdimot marosimi Chempionlar Ligasiga qur’a tashlanadigan kun, 29-avgustda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют