» » La Liga. “Real” mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi (video)

La Liga. “Real” mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi (video)


17-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 1-turida Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi “Selta” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv davomida “Qirollik klubi” vakillari Karim Benzema (12), Toni Kroos (61) hamda Lukas Vaskes (80) urgan gollarga “Selta” Iker Losadaning (90) goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Real” yangi mavsumning dastlabki turida “Selta” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (3:1).

Qayd etish joiz, o‘yinning 56-daqiqasida Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

La Liga

1-tur bahsi

Gollar: 0:1 — 12 Benzema, 0:2 — 61 Kroos, 0:3 — 80 Vaskes, 1:3 — 90 Losada

“Selta”: Ruben Blanko, Olasa, Vaskes, Kostas, Arauxo, Denis Suares, Mendes, Lobotka (Sisto, 75), Beltran (Diop, 83), Fernandes (Losada, 88), Aspas

“Real Madrid”: Kurtua, Odriosola, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior (Vaskes, 69), Kroos, Beyl (Isko, 75), Benzema (Yovich, 81)

Ogohlantirishlar: Vaskes (7), Ruben Blanko (12), Aspas (12), Vinisius Junior (36), Fernandes (49), Odriosola (64), Kostas (74)

Chetlatish: Modrich (56)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют