» » “Real” 818 kun deganda ilk bor “Barselona”ni ortda qoldirdi

“Real” 818 kun deganda ilk bor “Barselona”ni ortda qoldirdi


“Real” Ispaniya chempionatining 1-turida “Selta”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).

Madridliklar klubi uch ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real” klubi La Liga 1-turida “Atletik”ka yutqazgan “Barselona”ni 818 kun deganda ilk bor turnir jadvalida ortda qoldirdi.

So‘nggi bor katalonlar 2016/17-yilgi mavsum oxirida madridliklardan ortda qolib ketgandi. O‘shanda Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

“Real” bu vaqtda bir necha bor “Barselona” bilan bir xil ochko to‘plab, teng keldi. Biroq biror marta oshib keta olmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют