» » 94 yoshli amerikalik ayol “Makdonalds”dagi faoliyatining 44 yilligini nishonladi

94 yoshli amerikalik ayol “Makdonalds”dagi faoliyatining 44 yilligini nishonladi


Indiana shtati Evansvill shahrida joylashgan “Makdonalds” tarmoqda 44 yil davomida ishlagan xodimi sharafiga bayram kechasini uyushtirdi, deb yozadi TJournal.

94-yoshli Loreyn Maurer 1973-yilda turmush o‘rtog‘i nogironlik bo‘yicha nafaqaga chiqqandan so‘ng tamaddixonaga ishga kirdi. O‘shanda u uyda o‘tirish uchun o‘zini juda yosh deb hisobladi.

Muassasa egalarining so‘zlariga qaraganda, haftasiga ikki kun ishlovchi Loreynning doimiy xaridorlari ko‘p. Ular ataylab Loreynni ko‘rish uchun keladi. Ular ba’zida ish vaqti tugagandan so‘ng ayolni uyiga olib borib qo‘yadi va keksa ayol nafaqat ularning o‘zini, balki ularning farzandlari va nabiralarini ham taniydi.

Maurerning to‘rt nafar farzandi, olti nafar nabirasi va yetti evarasi bor.

Mijozlarim mening hayotimni belgilab beradi. Men ular bilan sayohatlarga chiqqanman, o‘yinlarni tomosha qilishga borganman. Ular shunchaki xaridor emas, do‘stlarimdir.

Loreyn Maurer

U ham mijozlari kabi tez-tez fastfud iste’mol qilib turadi. Uning “Makdonalds”dagi sevimli taomi — baliqli sendvich.

Loreyn har qishda nafaqaga chiqish haqida o‘ylaydi, biroq ishini tark etishga qaror qila olmaydi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют