» » Surxondaryo viloyati hokimligi deputatlikka nomzodlar bilan maxfiy suhbat o‘tkazilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Surxondaryo viloyati hokimligi deputatlikka nomzodlar bilan maxfiy suhbat o‘tkazilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi


Surxondaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda deputatlikka, mahalliy kengashlarga raislikka nomzodlar bilan maxfiy tarzda suhbat o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.

“Ma’lumki, Prezidentning 2018-yil 4-oktabrda qabul qilingan ‘Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori hamda 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bilan milliy saylov tizimiga ilgari qonunchiligimizda mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi tartib va qoidalar kiritildi. Oldimizda turgan saylovlar nafaqat qonunchilik nuqtai nazaridan, balki texnik-texnologik jihatdan ham mutlaqo yangicha formatda bo‘lib o‘tadi.

Bu esa, bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlik ishlari doirasida Saylov komissiyasi a’zolarini tizimli o‘qitish tartibini joriy qilish hamda saylov jarayonlari ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirishni taqazo etadi.

Shu maqsadda, 2019-yilning 23-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining ‘Saylov qonunchiligi va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha tizimli o‘qitish yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida’gi qarori qabul qilinib, hududlarda Saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarning o‘qishini tashkil etish belgilandi.

Mamlakatimizda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga yetkazishda esa xalq orasida obro‘-e’tiborga ega kishilarni jalb qilish muhim o‘rin tutadi”,— deyiladi xabarda.

Xabarda aytilgan suhbat ham bo‘lg‘usi deputatlikka, mahalliy kengashlarga raislikka nomzodlar bilan emas, balki turli sohalarda namunali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan viloyat faollari bilan o‘tkazilgan.

Suhbat davomida viloyatda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish, aholiga Harakatlar strategiyasi, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan fikr almashilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют