» » RPL. “Rostov” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

RPL. “Rostov” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi


“Rostov” klubi 18-avgust, yakshanba kuni Rossiya Premyer ligasining 6-turida “Ufa” maydoniga safar qildi.

Mazkur bahsda Valeriy Karpin shogirdlari yangi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

“Ufa” safida Silvestr Igbun dublga erishdi va maydon egalarining g‘alabasini ta’minladi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa, “Rostov” 11 ochko bilan 3-o‘ringa tushib ketdi. “Ufa” esa ushbu mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

RPL, 6-tur

18-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 40 Igbun, 2:0 – 79 Igbun.

“Ufa”: Belenov, Suxov, Tabidze, Pusko, Nedelcharu, Fomin, Aliyev (Yokich, 62), Karp, Giorgobiani, Yemelyanov (Golubev, 77), Igbun (Kozlov, 82).

“Rostov”: Pesyakov, Chistyakov (Hojikadunich, 75), Sigurdsson, Kozlov, Chernov, Zuyev (Saplinov, 56), Ionov, Glebov, Normann, Popov (Yeremenko, 46), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Glebov (18), Yemelyanov (22), Pesyakov (40), Sigurdsson (73), Suxov (89), Yokich (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют