» » Qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi


Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot”.

Qaror bilan Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi huzurida Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

2019—2023-yillarda qorako‘lchilik xo‘jaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qorako‘l terisi uchun davlat budjetidan 50 ming so‘mdan va qorako‘lcha terisi uchun 75 ming so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

Qorako‘lchilik xomashyolari asosida yaratiladigan immunitetni tiklovchi “Timoptin inyeksiyasi” va kamqonlikda qo‘llaniladigan “Eritim” preparatlarini ishlab chiqarish 10 baravargacha oshiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Navoiy viloyatida qorako‘l zotli qo‘ylarning sur rangi bo‘yicha, Qashqadaryo viloyatida qora va ko‘k rangi bo‘yicha yuqori elita sinfli nasldor Qorako‘l qo‘ylari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalari tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют