» » Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi

Ilon Maskning Tesla Roadster sportkari Quyosh atrofini aylanib chiqdi


2018-yilning aprelida Falcon Heavy raketasi orqali kosmosga uchirilgan Tesla Roadster sport avtomobili va uning rulida o‘tirgan Starman manekeni elliptik orbita bo‘yicha birinchi bor Quyosh atrofini aylanib chiqdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Tesla Roadster shunchaki SpaceX raketa tashuvchisining imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida koinotga uchirilgan edi. Elektromobil Falcon Heavy’ning ikkinchi suyri qismiga o‘rnatilgan. Manekenga skafandr kiydirilib, haydovchining joyiga o‘rnatilgan va 6-fevral kuni Yer orbitasiga chiqarilgan.

Shundan buyon Roadster soatiga 42 ming kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Quyosh atrofida aylanib chiqqan mashina Marsga yaqinlashmoqda.

Oktabr oyida elektromobil “Qizil sayyora”ga 7,5 million kilometr masofada yaqinlashgan edi. Sportkar o‘z missiyasini, ya’ni Falcon Heavy foydali yukni kosmosga uchira olishini isbotlab berganiga qaramay, u yana uzoq yillar koinotga sayohat qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют