» » O‘zbekistonda Ai-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi

O‘zbekistonda Ai-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi


Ai-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi. Bu haqda Tovar xom ashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

15-avgust kuni birja savdolariga jami 720 tonna AI-91 rusumli avtomobil benzini quyildi.

Jumladan, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ birja savdolariga 600 tonna, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 120 tonna AI-91 rusumli benzinini sotuv uchun qo‘ydi.

Sotuvchi tomonidan belgilanadigan AI-91 benzin uchun boshlang‘ich narx bir tonna uchun 6216,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Savdolar yakuniga ko‘ra 746 million so‘mlik 120 tonna (savdoga qo‘yilgan hajmdan 16,7 foiz) AI-91 rusumli benzin sotilgan.

Benzinning 15-avgust uchun belgilangan birja kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxidan deyarli oshmadi va bir tonna uchun 6,2 million so‘mni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют