» » Sudan rasmiylari aholi ochlikdan aziyat chekayotgan Janubiy Sudanga gumanitar yo‘lak ochishga qaror qildi

Sudan rasmiylari aholi ochlikdan aziyat chekayotgan Janubiy Sudanga gumanitar yo‘lak ochishga qaror qildi


Sudan rasmiylari mamlakatdan 2011-yilda ajralib chiqqan va hududida 100 ming aholi ochlikdan aziyat chekayotgan Janubiy Sudanga oziq-ovqat yetkazish uchun gumanitar yo‘lak ochishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

BMT bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farhan Haqning ma’lum qilishicha, xalqaro tashkilot shu haftada ochlikdan jabr ko‘rgan tumanlarga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan ilk 7 konvoyni jo‘natadi. 

“Butunjahon oziq-ovqat dasturi shu haftada 30-40 ta yuk avtomobilida 11 ming tonna oziq-ovqat yuklagan gumanitar yordamning birinchi turkumini jo‘natadi. Bu 300 ming kishini 3 oy mobaynida to‘ydirish uchun yetadi”, — deya ta’kidladi Farhan Haq.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (28-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют