» » Samarqandda Nexia “Kamaz” tagiga kirib ketishi oqibatida bir kishi jarohatlangan

Samarqandda Nexia “Kamaz” tagiga kirib ketishi oqibatida bir kishi jarohatlangan


Samarqandda Nexia ortga qayrilayotgan “Kamaz”ning tagiga kirib ketgan holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot taqdim etdi.

2019-yilning 16-avgust kuni soat 15:30 atrofida Samarqand tumani “Qo‘shtamg‘ali” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1084 kilometrida haydovchi Sh.R. boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” rusumli 70 H 040 FA davlat raqam belgili avtomashina bilan qatnov yo‘lining chap tomoniga burilish vaqtida haydovchi F.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli 30 542 TTS davlat belgili avtomashina kelib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchisi G.S. ismli ayol tan jarohati olib Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan. Bundan tashqari boshqa fuqarolar tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют