» » “Debbi” sikloni Avstraliya qirg‘oq chizig‘ini kesib o‘tdi (video)

“Debbi” sikloni Avstraliya qirg‘oq chizig‘ini kesib o‘tdi (video)


Qudratli “Debbi” sikloni Avstraliya qirg‘oq chizig‘ini kesib o‘tdi. Bu Kvinslend shtati shimoli—sharqidagi Bouen aholi punkti va Erli-Bich shaharchasi oralig‘ida yuz berdi, deya xabar beradi “TASS”.

Siklon soatiga 12 kilometr tezlikda g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda, uning epimarkazida shamol shiddati soatiga 250 kilometrga yetdi. Yaqin atrofdagi hududlarda bir soat davomida 200 millimetr yog‘in yog‘di.

Meteorologlar “Debbi”ni kuchi jihatidan to‘rtinchi (jami 5 toifadan) toifaga kiritdi. Shunday bo‘lsa-da, Kvinslend hukumati rahbari Anastasiya Palashchuk yog‘inlar miqdori bo‘yicha gap “100 yilda bir bo‘ladigan hodisa” haqida ketayotgani va shtat aholisi uchun jiddiy xavf tug‘dirishini bildirdi 

Shtat rasmiylari “Debbi”ning ehtimoliy yo‘nalishidagi hududlarda yashovchi 30 mingdan ortiq aholini uylarini tark etishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют