» » O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni kamaytirdi

O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni kamaytirdi


2019-yilning yanvar—iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 175,3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 6,8 foizni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 0,6 foizga kamaydi. 2018-yilning shu davrida 657,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda — 595,1 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi — 6,3 foiz. 2018-yilda 650,6 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilda 626,4 ming tonnani tashkil etdi.

Portlandsement hajmida o‘sish kuzatildi — 17,6 foiz (2018-yilning shu davrida 4590,7 ming tonna, 2019-yilda — 5399,5).

Bundan tashqari, O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 33,1 foizga kamaydi. 2018-yilning shu davrida — 2406 dona, 2019-yilda — 797.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют