» » O‘zbekiston banklarida dollar kursi 9450 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekiston banklarida dollar kursi 9450 so‘mgacha ko‘tarildi


O‘zbekiston banklari 20-avgustdan boshlab dollarni 9450 so‘mdan sotib, 9200 — 9350 so‘mdan sotib olmoqda. So‘nggi sutka davomida banklarda dollarning rasmiy kursi kamida 200 so‘mga ko‘tarildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Amerika valyutasi ham birjada o‘sib bormoqda. O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha 19-avgust kuni dollar 9129 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu 16-avgustdagi narxdan 45 so‘mga ko‘p.

O‘tgan haftada Markaziy bank dollarning rasmiy kursini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, 16-avgustdan 1 AQSh dollari 9-avgust kuni e’lon qilingan kursga nisbatan 179 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9061 so‘mga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют