» » Dollar ayirboshlash kursi dinamikasi qanday omillar ta’sirida shakllanganiga izoh berildi

Dollar ayirboshlash kursi dinamikasi qanday omillar ta’sirida shakllanganiga izoh berildi


Markaziy bankning 9-avgustdagi xabarida ichki valyuta bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlar sabablari bayon qilingandi. So‘nggi kunlarda ichki banklararo valyuta bozoridagi savdolarda kurslar o‘zgaruvchanligining o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019-yil 20-avgustdagi birja savdolarida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi 9384 so‘m/dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank xabarida ta’kidlanishicha, almashuv kursidagi bunday o‘zgarishlar kursni barqarorlashtirish maqsadida banklararo savdo sessiyalarida joriy kurs o‘zgarishlari diapazonining bekor qilinishiga olib keladi. Bunda valyuta bozorida mavjud talab va taklif nisbati hisobga olinadi.

Avval xabar qilinganidek, so‘nggi oylardagi ayirboshlash kursi dinamikasi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi.

Birinchidan, jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning oshishi va savdo mojarolarining kuchayishi, bu AQSh, Xitoy, yevrohudud va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga olib keladi. Ularning milliy valyutalari qadrsizlanishi darajasi inflyatsiyadan yuqori bo‘lib, bu so‘mning real qiymatda qadrsizlanishiga olib keladi.

Ikkinchidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit faolligining oshishi bilan bir qatorda, eksportning “qimmatlashishi” va importning jozibadorligi oshishi ko‘rinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narx raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.

Natijada, so‘nggi yillarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

Markaziy bank, shuningdek, global iqtisodiy rivojlanish tendensiyasi fonida almashuv kursining shakllanishiga tashqi omillar ta’sirini kuchaytirish ehtimolini istisno etmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 11:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют