» » Qirg‘iziston sudi Atambayevni 26-oktabrga qadar hibsda qoldirishga qaror qildi

Qirg‘iziston sudi Atambayevni 26-oktabrga qadar hibsda qoldirishga qaror qildi


Qirg‘iziston poytaxtining Pervomaysk tuman sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 26-oktyabrga qadar hibsda qoldirishga qaror qildi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Sudning ko‘chma yig‘ilishi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tdi. Atambayev 8-avgustdan beri shu yerdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Qayd etish joizki, Slesarev Bishkek shahar sudiga Atambayevga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat qildi.

Advokatga ko‘ra, Atambayevga noqonuniy qo‘lga olingan, chunki u sobiq prezident maqomiga ega. Parlamentning Atambayevni mazkur maqomdan mahrum qilish haqidagi qarorini advokat konstitutsiyaga zid hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют