» » Filippinda Denge bezgagi qurbonlari soni 800 kishidan oshdi

Filippinda Denge bezgagi qurbonlari soni 800 kishidan oshdi


Filippinda Denge bezgagi oqibatida 807 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining 20-avgust kuni bergan ma’lumotiga tayanib, Philippine Star xabar bermoqda.

“Korrespondent.net”ning yozishicha, Denge bezgagi bilan og‘riganlar soni 188 mingdan oshgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 98 foizga ko‘p.

Filippinda avgust boshida Denge bezgagi infeksiyasi bilan zararlanganlar sonining ortishi sharoitida “millik epidemiya” e’lon qilingan edi.

Denge — virusli infeksiya bo‘lib, tropik va subtropik hududlarda nisbatan keng tarqalgan. Bemorda yuqori harorat, ko‘ngil aynishi, bosh va bel og‘rig‘i, toshmalar kuzatiladi. Hozirda Denge bezgagiga qarshi vaksina yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют