» » Toshkentda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbar xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Toshkentda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbar xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbar xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidov “Daryo”ga xabar berdi.

19-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Ravshan Ibragimov (1966-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i lavozimida ishlagan), Ulug‘bek Nazarov (1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan), Alijon Abdullayev (1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish masalalari departamenti Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lganlarni topish va ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va Ozod Maxsudov (1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazi direktori lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qlichev raisligida hamda xalq maslahatchilari X. Rixsiyeva va G. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

Ravshan Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ulug‘bek Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Alijon Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ozod Maxsudov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют