» » O‘zbekistonga yangi elektrovozlar keltiriladi

O‘zbekistonga yangi elektrovozlar keltiriladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K yuk elektrovozlari bilan to‘ldiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshida Rossiyadan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Shu bois ,asosan, yuk tortish uchun mo‘ljallangan lokomotivdan yana 5 ta olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Ma’lumot uchun: Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 millimetr temir yo‘llarda yurish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 3 ta seksiyadan iborat. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan bo‘lsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta seksiyali “O‘zbekiston” elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi.

“Ko‘rinib turibdiki, mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izg‘irin sovug‘ida ham, yozning jaziramasida ham yurishga mo‘ljallangan. Lokomotiv kabinasi to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют