» » Dehqonoboddagi 110 va 170 metrli jin ko‘priklar ta’mirlandi (foto)

Dehqonoboddagi 110 va 170 metrli jin ko‘priklar ta’mirlandi (foto)


Dehqonobod tumanining Choshtepa qishlog‘idagi mashhur jin ko‘priklar ta’miri tugatildi va foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Choshtepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sherzod Bolliyev bergan ma’lumotga ko‘ra, qishloqdagi 3 ta jin ko‘prik ta’miri uchun 41 million so‘m mablag‘ sarflangan.

— Dastlab 110 va 170 metrli 2 ta jin ko‘prik uchun 32 million so‘m mablag‘ berilgandi, — deydi Sherzod Bolliyev. – So‘ngra uchinchi jin ko‘prikka ham ehtiyoj borligi inobatga olinib, yana 9 million so‘m mablag‘ berildi va qurilish materiallari olib kelindi.

Sherzod Bolliyevning aytishicha, jin ko‘priklar 10 kun davomida mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlangan.

— Ko‘prik ta’miri uchun mablag‘ ajratilishi qishloqdoshlarimizni quvontirdi, — deydi 170 metrlik jin ko‘prikning 2005-yil qurilishida bosh-qosh bo‘lgan o‘qituvchi Abdusamad Norbo‘tayev. – Shuning uchun ham ko‘prikni ta’mirlash ishlarini o‘zimiz olib bordik.

Eslatib o‘tamiz “Daryo”da 2019-yilning fevral oyida Dehqonoboddagi jin ko‘priklar haqidagi dastlabki maqola e’lon qilingandi. Shundan so‘ng, tuman hokimligi ushbu jin ko‘prikdan maktabga qatnovchi bolalarga shart-sharoit hozirlash maqsadida hududdagi kasb-hunar kollejidan sinfxonalar ajratgandi. Bundan avvalroq esa Boyqo‘rg‘on qishlog‘idagi mavjud 7 ta jin ko‘priklar haqidagi fotoreportaj o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingandi. Fotoreportajda jin ko‘priklar ta’miri yaqinda boshlanishi, ularning ta’mirlanishi uchun 32 million so‘m mablag‘ ajratilgani xususida xabar bergandik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют