» » Estoniyalik qutqaruvchilar ko‘lga qulab tushgan baliqchini muz ostidan chiqarib oldi (video)

Estoniyalik qutqaruvchilar ko‘lga qulab tushgan baliqchini muz ostidan chiqarib oldi (video)


Estoniyalik qutqaruvchilar Tallin atrofida joylashgan Xarku ko‘lida muz ostiga tushib ketgan baliqchini chiqarib oldi. Bu haqda Postimees ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.

23-mart kuni mahalliy vaqt bilan 14:14 da navbatchi pultiga Xarku ko‘lida sohildan bir necha kilometr masofada erkak kishi muz ostiga tushib ketganligi haqidagi xabar kelib tushdi.

Qutqaruvchilar cho‘kayotgan erkakka yetish uchun maxsus doskadan foydalandi. Biroz vaqtdan so‘ng keksa baliqchi muz ostidan doskaga chiqarilib, sohilga olib kelindi. Qutqaruv bo‘yicha operatsiya 14:31 da yakunlanganligi ma’lum qilindi.

“Bahorda muz yupqa va mo‘rt bo‘ladi”, — deyiladi qutqaruv departamenti izohida.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют