» » Shavkat Mirziyoyev: Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo‘lishi, ta’lim muhitini o‘zgartirishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo‘lishi, ta’lim muhitini o‘zgartirishi kerak


Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo‘lishi, ta’lim muhitini o‘zgartirishi kerak. Bu haqda davlat rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chog‘ida aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident maktablari tashkil etish tashabbusini o‘tgan yili aynan Nukusda e’lon qilgan, buni Qoraqalpog‘istondan boshlashni taklif etgan edi.

Nukus shahrida ushbu maktab qurilishi jadal olib borilmoqda. Kembrij universiteti bilan hamkorlikdagi Imtihon kengashi tomonidan o‘tkazilgan qabul jarayonlarida eng bilimga chanqoq bolalar tanlab olindi.

Shavkat Mirziyoyev maktabning binosi ham, ma’rifati ham mukammal bo‘lishi kerakligi, shuning uchun uni shoshmasdan, sifatli qurib, Konstitutsiya bayramida foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Ungacha o‘quvchilar boshqa binoda o‘qib turadi.

Davlatimiz rahbari mazkur bilim dargohi uchun pedagoglar qanday tanlanayotgani bilan qiziqdi.

—Bu maktablarning o‘qituvchisi ham, o‘quvchisi ham eng namunali bo‘lishi lozim. Chuqur bilim bilan birga ma’naviyat, vatanparvarlik hissi ham singdirilishi zarur. Bu yerga bilimli bolalar kelishi uchun har bir tumanda bazaviy bog‘cha va maktablar shakllanishi lozim. Shunda umumiy bilim, saviya, ta’lim muhiti o‘zgaradi, — dedi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют