» » “Oltin avlod” asoschisi sifatida mashhur bo‘lgan Mahdi Ali Amirlik termasidan iste’foga chiqarildi

“Oltin avlod” asoschisi sifatida mashhur bo‘lgan Mahdi Ali Amirlik termasidan iste’foga chiqarildi


JCh—2018 saralashining 7-turidan keyin BAA bosh murabbiyi Mahdi Ali iste’foga chiqarildi. Bu haqda murabbiyning o‘zi Avstraliyaga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida e’lon qildi.

Ortda qolgan yetti o‘yin davomida Amirlik termasi 9 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindagi uch tur jamoaning kuchli uchlikdan joy olishi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Mahdi Ali boshqaruvida BAA saralashning hal qiluvchi bosqichini sensatsion g‘alaba bilan boshlab, Yaponiyani safarda taslim qila olgandi — 2:1. Keyinroq BAA javob o‘yinini o‘z uyida o‘tkazib, kunchiqar yurt termasidan 0:2 hisobida yengildi. Avstraliya safarda 1:0, o‘z maydonida 2:0 hisoblarida Amirlik termasini mag‘lub etdi. Saudiyadagi o‘yin esa 0:3 hisobida yakuniga yetdi. Ali jamoasi, shuningdek, Tailandni 3:1, Iroqni 2:0 hisoblarida taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mahdi Ali BAA yoshlar terma jamoasi bilan 2009-yil Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lib, finalda O‘zbekiston yoshlarini taslim qilgandi. Keyinroq uning shogirdlari London—2012 Olimpiadasiga ham yo‘l oldi. Hal qiluvchi o‘yinda BAA yana bir bor O‘zbekistondan ustun kelib, Vadim Abramov boshqargan jamoani Toshkentda 3:2 hisobida yenggandi.

Navbat Jahon chempionatiga kelganida esa Amirlik termasi ketma-ket ikki bor undan chetda qolishga yaqin.

Mening ketar vaqtim keldi. Men Iroq bilan o‘yin oldidanoq iste’fo so‘rab murojaat qilganimda, BAA futbol federatsiyasi shoshmay turishimni so‘ragandi. Endi esa 5 yil davom etgan hayotimning eng yaxshi onlaridan keyin sizlar bilan xayrlashaman.

Mahdi Ali, BAA murabbiyi

Ma’lumot uchun, Amirlik termasi navbatdagi uch turda Saudiyani qabul qiladi, Tailand va Iroqqa qarshi esa safar o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu uchrashuvlarda Amirlik termasi 9 ochko ishlab olib, mundial uchun kurashni davom ettirishi ham mumkin edi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют