» » Forbes 2019-yilda eng ko‘p daromad olgan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi

Forbes 2019-yilda eng ko‘p daromad olgan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi


Forbes jurnalining versiyasi ko‘ra, Gollivud aktyori Dueyn Jonson 2019-yilning eng ko‘p daromad ko‘rgan aktyoriga aylandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Dueyn Jonson joriy yilda 89,4 million dollar ishlab topgan.

“Qoya” laqabli aktyor o‘tgan yili ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan edi. Birinchilik yil davomida 239 million dollar ishlab topgan Jorj Kluniga nasib etgandi.

Forbes’ning yozishicha, “Jumanji: Yangi bosqich” filmining o‘zida Jonson 23,5 million dollar olgan. Bundan tashqari aktyorga “Futbolchilar” serialida o‘ynagan har bir epizodi uchun 700 ming dollar to‘lanadi.

Jonsondan keyingi pog‘onani “Qasoskorlar: Final” filmidagi roli va boshqa loyihalar orqali 76,4 million dollar ishlab topgan Kris Xemsvort egalladi.

“Qasoskorlar” franshizasining yana bir a’zosi kichik Robert Dauni joriy yilda 66 million dollar bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют