» » Londonda terakt uyushtirgan Xolid Ma’sudning turmush o‘rtog‘i va onasi uning qilmishlarini qoraladi

Londonda terakt uyushtirgan Xolid Ma’sudning turmush o‘rtog‘i va onasi uning qilmishlarini qoraladi


Londondagi parlament binosi yaqinida hujum uyushtirgan terrorchi Xolid Ma’sudning turmush o‘rtog‘i va onasi uning qilmishlarini qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Xolid amalga oshirgan harakatlardan qayg‘u va xijolatdaman. Uning qilmishlarini butkul qoralayman va qurbonlarning oilasiga hamdardlik, jabrlanganlar esa tezda sog‘ayib ketishlarini tilayman”, — deydi Ma’sudning turmush o‘rtog‘i Roxi Xidara. 

The Telegraph nashri terrorchining onasi Janet Ayyaoning qisqa bayonotini keltirdi. 

“O‘g‘limning Vestminsterda begunoh insonlar qurbon bo‘lishi va yaralanishiga olib kelgan harakatlaridan mulzam bo‘ldim, o‘zimni qo‘yarga joy topolmayapman. Jinoyatga o‘g‘lim aloqadorligini bilganimdan beri bu mudhish fojiada jabrlangan kishilar uchun juda ko‘p ko‘z yosh to‘kdim”, — deyiladi Janet Ayyao bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, Xolid Ma’sud amalga oshirgan terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют