» » Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralashi 1-turi uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralashi 1-turi uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yinoldi yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

28-avgustdan 3-sentabrgacha Toshkentda davom etadigan yig‘inga Ektor Kuper 24 futbolchini jalb qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda “oq bo‘rilar” Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi bahs olib boradi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют