» » Germaniya Donald Tramp GFR qarzdorligi bo‘yicha hujjat topshirgani haqidagi axborotni rad etdi

Germaniya Donald Tramp GFR qarzdorligi bo‘yicha hujjat topshirgani haqidagi axborotni rad etdi


Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert AQSh prezidenti Donald Tramp kansler Angela Merkelga Germaniyaning NATO va AQShga mamlakat xavfsizligini ta’minlagani uchun 374 milliard dollar to‘lashi lozimligini anglatuvchi hujjatni topshirgani haqidagi ma’lumotni sharhladi, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Prezident Trampning federal kanslerga milliard dollarlarga teng aniq miqdordagi qarz haqida bergan ma’lumoti haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi Zaybert.

Avvalroq Germaniya hukumati manbalari Vashingtondagi muzokaralar chog‘ida Tramp GFR kansleriga Germaniya NATO xizmatlari uchun to‘lashi lozim bo‘lgan haq to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etgani haqida xabar berdi. Bunda Germaniya mudofaa imkoniyatlari uchun 374 milliard dollar ajratilgani qayd etilgan.

Keyinroq Oq uy vakili ham ushbu ma’lumotlarni rad etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют