» » G‘ofurjon Mirzayev: Biz ikkinchi Amerika bo‘lamiz

G‘ofurjon Mirzayev: Biz ikkinchi Amerika bo‘lamiz


Aholisi O‘zbekistonning turli hududlaridan kelib qo‘nim topgan Sirdaryo viloyati Amerikaga qiyoslandi. Bu haqda 22-avgust kuni viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev I Xalqaro investitsiya forumi doirasida jurnalistlar bilan muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Forumda viloyat hokimi mamlakatdagi iqtisodiy jihatdan quyi o‘rinlarda turuvchi Sirdaryo viloyatiga rahbar etib tayinlanishi haqida gapirib berdi.

“Sirdaryo cho‘llarini obod qilaman, deb vodiy, Jizzax, Samarqand, Buxoro, qo‘yingki, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan aholi vakillari kelgan. Shuning uchun ko‘pchilik menga ushbu viloyatda ishlash qiyin bo‘ladi, deb aytgandi. Men ularga, demak, biz ikkinchi Amerika bo‘lar ekanmiz-da, deb aytganman. Sababi Amerika ham turli mintaqalardan kelganlar jamoasidan tashkil topgan”, — dedi Mirzayev.

Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro investitsiya forumida 200 dan ortiq xorijiy kompaniya rahbarlari ishtirok etmoqda. Ushbu forumda 200 million dollardan ortiq investitsion va eksport shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatda 11 ta ma’muriy hudud mavjud: 3 ta shahar va 8 ta tuman. Aholisi ko‘p millatli bo‘lib, 840 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.

G‘ofurjon Mirzayev 2016-yil 15-dekabr kuni Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют