» » Abdulaziz Komilov “Markaziy Osiyo—AQSh” uchrashuvida ishtirok etdi

Abdulaziz Komilov “Markaziy Osiyo—AQSh” uchrashuvida ishtirok etdi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 21-avgust kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) formatidagi uchrashuvning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zAning xabar berishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Beybut Atamkulov, Chingiz Aydarbekov, Sirojiddin Muhriddin, Rashid Meredov va AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Devid Heyl bilan birgalikda turli sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, jumladan, iqtisodiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy xavfsizlik, Markaziy Osiyoda va qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Samarqand shahrida 2015-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi chog‘ida ish boshlagan “C5+1” formatidagi muloqot samarali maslahat mexanizmi sifatida amal qilayotganini ta’kidladi.

Tadbirda Markaziy Osiyoda mintaqalararo hamkorlikni yanada kengaytirish, uni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish uchun zarur barcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish ishlari davom etayotgani qayd etilgan.

Mintaqa mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari umumiy masalalarning birgalikdagi muhokamasi va turli masalalarni hal qilishda muhim o‘rin tutayotgan “C5+1” platformasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют