» » To‘rtko‘ldagi avtohalokat ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi

To‘rtko‘ldagi avtohalokat ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi


21-avgustda Xorazm viloyati To‘rtko‘l tumanida sodir bo‘lgan YTH natijasida 2 yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

21-avgust kuni soat 03:30 larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 24 yoshli F.K. o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beynau” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoshli A.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Cobalt avtomashinasi haydovchisi F.K., yo‘lovchisi, Xorazm viloyatida yashagan 20 yoshli S.N. ismli ayol, Nexia avtomashinasi yo‘lovchilari, Xorazm viloyatida yashagan, 18 yoshli M.Q. ismli qiz va Xorazm viloyatida yashovchi 27 yoshli M.M. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay S.N. va M.Q. shu yerda vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют