» » Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z faoliyatini yakunlamoqda

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z faoliyatini yakunlamoqda


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiyaning mamlakatdagi faoliyatini yakunlayotgan elchisi Violen Biyet de Vilmorni 22-avgust, payshanba kuni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida vazir elchining muvaffaqiyatli faoliyatini yuqori baholab, uning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov Fransiya elchixonasi va shaxsan Violen Biyet de Vilmorning O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaganini qayd etgan.

O‘z navbatida, elchi O‘zbekiston rahbariyati va Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatini amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют