» » “O‘zneftgazinspeksiya” o‘tkazayotgan tekshirishlarda gaz o‘g‘irlash holatlari fosh etilmoqda

“O‘zneftgazinspeksiya” o‘tkazayotgan tekshirishlarda gaz o‘g‘irlash holatlari fosh etilmoqda


“O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tekshiruvlarida tabiiy gaz iste’moli bilan bog‘liq qator qonunbuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2019-yil 1-yanvardan 15-avgustgacha hammasi bo‘lib tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 1763 nafar iste’molchi aniqlandi. Aybdorlarga tegishli chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga topshirilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy tarzda foydalanilgan gaz miqdori 39,780 ming kub metrni, ya’ni 40 milliard so‘mni tashkil etadi.

Birgina avgust oyining birinchi 15 kunida tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 187 ta ulgurji iste’molchi aniqlangan bo‘lib, noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 3,200 ming kub metrni, shunindek 3 milliard so‘mni tashkil etgan.

Misol uchun, Navoiy viloyatining Karmana tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi “Bahor Inter Aziya” korxonasi tomonidan 417 ming kub metr gaz o‘g‘irlagan. Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Jarqo‘rg‘onneft” AJga qarashli “Qumqo‘rg‘on Estakadasi”da 213 ming metr kub gazni qonunga zid tarzda iste’mol qilingan. Shu kabi xolatlar ohak ishlab chiqaruvchilari tomonidan ham sodir etilib, jumladan, “Qirobod mavjlari” MChJ (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani) 75 ming kub metr gazni talon-taroj qilgan, “Orbita globus” MChJ (Toshkent shahri, Yashnobod tumani) tomonidan 219 ming kub metr gaz o‘g‘irlangan va “Domteks” MChJ tomonidan (Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani) 330 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.

Mamlakatning boshqa hududlarida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni sodir etgan 101 ta iste’molchi fosh etilib, o‘g‘irlangan qimmatbaho tabiiy gaz miqdori 1,396 ming kub metrni tashkil etishi aniqlandi.

“O‘zneftgazinspeksiya” ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga amal qilinishi va bu boradagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik choralari ko‘rilishi haqida doimiy tarzda xabardor qilib bormoqda. Tabiiy gazdek qimmatbaho energiya manbai milliy boylik bo‘lib, undan qonunga xilof tarzda foydalanish, davlat manfaatlariga sezilarli zarar yetkazish holatlariga qat’iy chora ko‘riladi.

Energetika vazirligi barcha iste’molchilardan tabiiy gaz xomashyoni tejamkorlik bilan sarflashni, undan oqilona foydalanishni va bu boradagi qonunchilikka qat’iy rioya etishni so‘raydi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют