» » “Paxtakor” va “Nasaf” O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga chiqdi

“Paxtakor” va “Nasaf” O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga chiqdi


22-avgust, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/4 finali doirasida navbatdagi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvdagi yagona gol 37-daqiqada urildi. Unga qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtazoyev mualliflik qildi. Shu tariqa “Nasaf” “Navbahor”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Shota Arveladze boshliq Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Termizning “Surxon” klubini sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 21 va 89-daqiqalarida “sherlar” hujumchisi Igor Sergeyev raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Paxtakor” “Surxon” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning 1/2 finaliga chiqdi.

 O‘zbekiston Kubogi

1/4 final bahslari

22-avgust, payshanba

Gol: 0:1 — 37 Humoyun Murtazoyev

Gol: 1:0 — 21 Igor Sergeyev, 2:0 — 89 Igor Sergeyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют