» » Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi ish boshladi. Unda qanday qonunlar ko‘rib chiqiladi?

Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi ish boshladi. Unda qanday qonunlar ko‘rib chiqiladi?


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 23-avgust kuni soat 10:00 da ish boshlagan XXI yalpi majlisida 26 ta masala ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar bermoqda.

Majlisda 84 nafar Senat a’zosi ishtirok etmoqda.

Yalpi Majlis kun tartibida:

- “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;

- “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi;

- “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi;

- “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi;

- “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют